Namangan muhandislik-qurilish institutining "Qurilish va ta'lim" ilmiy jurnali (“Nauchnыy jurnal stroitelnoy i obrazovaniye”, “Scientific journal of construction and education”) da respublikamizning oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlari va xorijda bajarilgan ilmiy ahamiyatga molik ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari nashr etiladi. Ilmiy jurnal bir yilda oltti martagacha chop etilib, unda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha maqolalar e'lon qilinadi
Tahririyatga taqdim etilayotgan maqola qo'lyozmasi bo'yicha muallif faoliyat olib borayotgan muassasa rahbariyati tomonidan imzolangan yo'llanma xati, maqolani chop etish mumkinligi haqidagi ekspert xulosasi va maqola mualliflarining tarkibida fan doktori bo'lmagan taqdirda tegishli fan yo'nalishi bo'yicha fan doktorining rasmiy taqrizi bo'lishi shart.
Maqolalar o'zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Maqolaning nomi, qisqacha annotatsiyasi (8-10 qator) va kalit so'zlar (10-15 ta) o'zbek, rus va ingliz tillarida beriladi.Maqola matni “MS Word” dasturida “Times New Roman” shiriftida 12 pt oʻlchamda, hajmi 1 intervalda 6-10 bet boʻlishi kerak. Varoq oʻlchami 210x297 mm (A4-format), matn chegara oʻlchamlari yuqoridan va pastdan– 2,0 sm, chapdan – 3,0 sm, oʻngdan – 1,5 sm boʻlishi lozim.
Maqolani rasmiylashtirish qoidalari quyidagilardan iborat. Maqola boshining chap tomonida UOʻT (UDK), keyingi qatorda maqolaning nomi oʻzbek, rus va ingliz tillarida (bosh harflarda, oʻrtada, qalin yozuvda (jirnыy)), undan keyingi qatorda mualliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron manzili hamda telefon raqamlari) oʻzbek, rus va ingliz tillarida kichik bosma harflarda yoziladi, qisqacha annotatsiyasi (8-10 qator) va kalit soʻzlar (10-15 ta) oʻzbek, rus va ingliz tillarida beriladi.
Maqolaning annotatsiyasi(abstract) yaʼni maqolaning qisqacha mazmunida maqsadi(objective), usullari(methods), natijalari(results) va xulosa (conclusion) qismlari qisqacha yoritilib oʻtilishi shart. Chunki maqola annotatsiyasini oʻqib chiqib, olim maqolani toʻliq oʻqishga qaror qilishi uchun maqolaning asosiy tushunchalarini yetarlicha tushinishi kerak. Annotatsiyadan soʻng mavzuga tegishli terminlar, kalit soʻzlar(keywords) ham keltirilishi kerak;
Maqolaning asosiy qismida Kirish(Introduction), usullari(methods), natijalar(results), muhokamalar(discussion), va xulosalar(conclusion) boʻlimlari aniq maʼlumotlar asosida yoritib berilishi kerak.
Bir qatordan soʻng maqola matni yoziladi. Maqoladagi formulalar Worddagi Vstavkani ichida Obyekt bor shunga kirib Microsoft Equation 3.0 da yoziladi. Rasm (grafik, sxema va chizma)lar standart qoidalarga rioya qilingan holda 10x10 sm dan katta boʻlmagan oʻlchamda tayyorlanishi, ularni soni 5 tagacha, qisqa xabarlarda esa 2 tagacha ruxsat etiladi. Nomlari esa rasmdan soʻng qalin yozuvda oʻrtada yoziladi (1-rasm. Nomi).
Jadvallarning nomlari javalning yuqori qismida qalin yozuvda oʻrtada yoziladi (1-jadval. Nomi).havolalar maqola ichida [1] koʻrinishda boʻlib, foydalanilgan adabiyotlar maqola oxirida havolalar ketma-ketligi tartibida beriladi.
Adabiyotlar roʻyxatida quyidagilar koʻrsatiladi: jurnalda chop etilgan maqolalar va maʼruza tezislari uchun - Mualliflarning familiyasi, ismi sharifi. Maqolaning nomi // Jurnalning nomi. – Nashr joyi va yili. – Soni yoki qismi. – Betlari. (1. Turayev N.S., Saidov R. Anor tuplarini yarim ochadigan mashinaning lemexlari va tuproq yoʻnaltirgichlarining qamrash kengliklarini asoslash // Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy-texnika jurnali. – Namangan, 2019. – №1. – B. 77-81.); monografiyalar uchun - Mualliflarning familiyasi, ismi sharifi. Nomi. – Nashriyot nomi, joyi va nashr yili. – Betlar soni. (1. Imomkulov Q.B., Turayev N.S. Anor tuplarini yarim ochadigan mashina parametrlariniasoslash. – Fan va texnologiyalara: Toshkent, 2021. – 180 b.); avtoreferatlar uchun - Muallifning familiyasi, ismi sharifi. Mavzusi: ishning darajasi. – Nashr joyi va yili. – Betlar soni. (1. Turayev N.S. Anor tuplarini yarim ochadigan mashina parametrlarin asoslash: t.f.f.d., (PhD). diss. avtoref. – Namangan, 2022. – 44 b.); dissertatsiya uchun - Muallifning familiyasi, ismi sharifi. Mavzusi: ishning darajasi. – Nashr joyi va yili. – Betlar soni. (1. Turayev N.S. Anor tuplarini yarim ochadigan mashina parametrlarin asoslash: t.f.f.d., (PhD). diss. – Namangan, 2022. – 120 b.); kitoblar uchun - mualliflarning familiyasi, ismi sharifi, kitobning nomi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr yili, qismi va betlari (1. Joʻrayev A., Mavlyaviyev M., Abdukarimov T., Miraxmedov D. Mexanizm va mashinalar nazariyasi. – T.: Gʻ.Gʻulom, 2004. – 592 b.); patent uchun – Patent olingan davlat va uning raqami / eʼlon qilingan yil. Mualliflarning familiyasi, ismi sharifi. Mavzusi // Patent raqami, nashr yili. – Byulleten raqami. (1. Patent OʻzR FAP 00848 / 31.10.2013. Djurayev A., Toʻxtaqoʻziyev A., Muxamedov J., Mamaxanov A. Zanjirli uzatma // Oʻzbekiston Respublikasi patenti, 2013. – Byul. №10.); internet maʼlumotlari uchun - URL, maʼlumotga murojaat etilgan sana. (1. ZiyoNet taʼlim portali. http://library.ziyonet.uz/ru. 20.05.2020.)
5. Tahririyat barcha maqolalarni taqrizga yuboradi, ushbu taqriz natijalari asosida maqolani chop etish masalasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi.
6. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
7. Keltirilgan talablar yakuniy emas, baʼzi maqolalar borasida tahririyat qoʻshimcha maʼlumot soʻrash huquqini saqlaydi.
Namangan muhandislik-qurilish institutining "Qurilish va taʼlim" ilmiy jurnali (“Научный журнал строительной и образование”, “Scientific journal of construction and education”) da respublikamizning oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlari va xorijda bajarilgan ilmiy ahamiyatga molik ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari nashr etiladi.